Mazkur filialga Turon fanlar akademigi, general-mayor Telman Salohiddinovich Muratxo‘jayev rahbar etib tayinlandi.
Bu haqda filial a’zolarining dastlabki yig‘ilishida Maxfirat nomli O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti direktori, Xalqaro Turon fanlar akademiyasi vitse prezidenti, akademik Ulug‘bek Bababekov ma’lum qildi.
Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan Turon fanlar akademiyasi tarixi, faoliyati va maqsadi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Turon fanlar akademiyasi Jizzax filiali ochilganligi munosabati bilan mazkur filialni rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish va unga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida kengash tuzish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Turon fanlar akademiyasi Jizzax filialiga qabul qilingan ikki nafar nomzod “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri O‘rozali Norboyev hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Sharof Musayevlarga faxriy akademik unvoni hamda diplomi topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullar bilan birgalikda oldinda turgan muhim vazifalar kelishib olindi.