Img
None

Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi

Jizzax politexnika instituti konferensiyalar zalida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov boshchiligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Jumladan, institutimiz oldida turgan muhim vazifalar, xususan, mehnat bozoriga munosib bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini yanada yuqori darajaga ko‘tarish, ilmiy salohiyatini bosqichma-bosqich oshirib borish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, joriy yildagi qabul jarayoniga tayyorgarlik holati hamda shu kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mas’ullarning axboroti tinglanib, belgilangan topshiriqlar, ularning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3