Img
None

Bitiruvchilar uchun navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21-may kuni Jizzax politexnika institutida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mehnat faoliyatiga yo‘naltirish hamda kasbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qaroriga muvofiq, bitiruvchi talabalar va faol yoshlar uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar yuzasidan ma’lumot berish, shuningdek, amaliy ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalarni yetkazishga qaratildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i B.Xolmirov, Markaziy bank raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi E.Ikramov, Jizzax viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i S.Tavboyev, Jizzax politexnika instituti Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i I.Meliyev, Transport muhandisligi fakulteti dekani S.Djiyanbayev ishtirok etib, talabalar bilan bevosita muloqotda bo‘lishdi. Yigit-qizlarning savollariga javob berdilar.

Muloqot davomida o‘z biznes loyihasini amalga oshirish istagida bo‘lgan talabalarga "Kelajakka qadam" dasturining mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, turli sohalar bo‘yicha biznes rejalar tuzish hamda tadbirkorlik bo‘yicha kredit hujjatlar tayyorlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, institut bitiruvchi bosqich talabalari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3