Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakultetida “Talabalar teatr studiyalari” jamoasi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, talaba yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlantirish, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadida Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Sahna ko‘rinishida quyidagi talabalar ishtirok etdilar: 1. Otabek rolida 332-21 OOT guruhi talabasi Sultonov Diyorjon Doniyor o‘g‘li; 2. Kumush rolida 331-23 OOT guruhi talabasi Muxirova Dilshoda Abduqodir qizi; 3. Zaynab rolida 331-24 OOT guruhi talabasi Maxmudova Nargiza Abriy qizi; 4. Yusufbek xoji rolida 313-24 YSM guruhi talabasi To‘xtamishev Xasan Narzulla o‘g‘li; 5. Qutidor rolida 341-24 YSM guruhi talabasi Himmatov Anvar Oybek o‘g‘li; 6. Oftoboyim rolida 351-24 E va AMM guruhi talabasi Norbekova Dilnoza Umid qizi; 7. O‘zbekoyim rolida 312-22 YeSBKIT guruhi talabasi Raxmatullayeva Sevinch Yunusali qizi; 8. Xasanali rolida 312-23 YeSBKIT guruhi talabasi Kubayev Sanjar Abdunabi o‘g‘li; 9. Sultonali rolida 311-23 YeSBKIT guruhi talabasi Saparaliyev Nurmuxammad Abduvali o‘g‘li; 10. Tog‘a rolida 315-23 YeSBKIT guruhi talabasi Juliyev Diyorbek Yo‘ldosh o‘g‘li. Spektakl qiziqarli va ta’sirli tarzda ijro etilgani bois, katta olqishlar bilan kutib olindi.