Img
28.05.2025

Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Sharif texnologiya universitetida — xalqaro hamkorlik sari muhim qadam

Eron Islom Respublikasidagi xizmat safari doirasida Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan, THE va QS reytinglarida TOP-500 talikka kirgan Tehron shahridagi Sharif texnologiya universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad – xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida tajriba almashinuvi imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar va kelgusidagi qo‘shma loyihalar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi dasturlarini tashkil etish, investitsiyalarni jalb etish va oliy ta’lim xizmatlari eksportini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tadbir yakunida Jizzax politexnika instituti va Sharif texnologiya universiteti o‘rtasida rasmiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3