Img
29.05.2025

Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Eron fan va texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi ko‘magi bilan Eron Islom Respublikasidagi xizmat safari doirasida Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan, THE va QS reytinglarida TOP-500 talikka kirgan Eron fan va texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida tajriba almashinuvi imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar va kelgusidagi qo‘shma loyihalar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi dasturlarini tashkil etish, investitsiyalarni jalb etish va oliy ta’lim xizmatlari eksportini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tadbir yakunida ikki oliygoh o‘rtasida rasmiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3