Qirg‘iziston davlat texnika universitetining talabalari uchun Jizzax politexnika instituti Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedrasi tomonidan talabalar uchun yozgi maktabi tashkil etildi. Dasturiga asosan ishtirokchilar “Yoshlar texnoparki”, “Muhandislik maktabi” Transport muhandisligi kafedrasi va Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedralarining moddiy-texnik bazasi, o‘quv – ilmiy laboratoriyalari hamda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek ishtirokchilar “Ziynatkor TBBZ”, “Vero”MCHJ, “Jizzakh cement plant” va “Nurli To‘lqin” MChJ korxonalarida bo‘lishdi va u yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari va laboratoriyalar bilan tanishdilar. Dastur davomida yozgi maktab ishtirokchilari qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat qilishdi.