Jizzax politexnika institutiga JICA agentligining (Yaponiya) O‘zbekistondagi vakolatxonasi, volontyorlik dasturi bo‘yicha koordinatori Yamaguchi Koji hamda dastur xodimi Odilxon Hasanov tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida agentlik xodimlari institutimiz bilan yaqindan tanishdi, shuningdek, Jizzax politexnika institutiga harakat xavfsizligi sohasi bo‘yicha JICA agentligi volontyorlarini jalb qilish masalasi ko‘rib chiqildi.