Joriy yilning 17-iyun kuni akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax politexnika instituti rektori texnika fanlari doktori, professor A.K.Usmankulov, institut o‘quv ishlari prorektori v.v.b. J.Nasriddinov, akademik litsey ijrochi direktori M.Gʻoziyeva, akademik litsey o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ota-onalar, OAV vakillari ishtirok etdi. Marosimda bitiruvchilarning 2 nafari oltin, 9-nafari kumush medal hamda 36 nafari imtiyozli diplom bilan taqdirlandi. Tadbirda akademik litseyning Tabiiy fanlar yo‘nalishi 1-bosqich o‘quvchisi Abu Rayxon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medal sohibasi bo‘lgan E'zoza Ilhomova va uning ustozi akademik litseyning oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi Farhod G‘aybullayev tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Eslatib o‘tamiz ushbu olimpiada 30-31 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi hamda dunyoning 13 ta mamlakatidan 28 ta jamoa qatnashgan bo‘lib jami 115 nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etgan edi. Tadbir ishtirokchilari akademik litsey o‘quvchi-yoshlariga ezgu tilaklar bildirib, ularning bilim va salohiyati yurt taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonch bildirishdi. Jizzax politexnika instituti akademik litseyini 2024-2025 o‘quv yilida jami 213-nafar bitiruvchi aʼlo baholar va namunali xulq bilan tamomladi. Bitiruvchilarning 122-nafari xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lib, 90 nafari muddatidan avval turli xorijiy OTMlar tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib o‘qishga taklif xatlari olishgan. 10 nafar bitiruvchilar 4 va 5 ta fandan milliy, xalqaro IELTS, SAT sertifikatlariga egadirlar.