Jizzax politexnika institutida institut bitiruvchilari va talabalarini ish bilan ta’minlash, ishga taqsimlash, tavsiya etish hamda kelajakda ishga joylashish jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirish maqsadida ish beruvchilar ishtirokida “Karyera kuni – 2025” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, institut bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash, tavsiya etish, kelajakda ishga joylashish jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirish maqsadida institut bitiruvchilari va talabalari bilan ish beruvchilar ishtirokida “Karyera kuni-2025” mehnat va amaliyot yarmarkasi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi, 13 ta tuman va shahardagi bandlikka ko‘maklash markazlari, Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi Jizzax filiali, Jizzax viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Jizzax erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar, “BMB Energy agro logistic” MCHJ QK, “Artel” MCHJ, “Jizzax issiqlik manbai” DUK, “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari koroxnasi” AJ, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali “Jizzax suv ta’minoti” MChJ, “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ QK, “Jizzax textile” MCHJ, “Jizzax gold textile” MCHJ, “Basalt Uzbekistan” sanoat klasteri, “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ, “Jizzax industrial to‘qima” MCHJ, “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ, Jizzax viloyat agrokimyoviy tahlil markazi, “Irrigatsiya invest” MCHJ, “House grand” MCHJ, “Aziza loyiha” MCHJ, Aloqa bank ATB, Turonbank ATB va viloyatdagi 90 dan ortiq korxona, tashkilotlar o‘zlarining korxona faoliyati haqidagi taqdimotlari hamda 345 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Ma’lumot uchun, 2025-yilda institutni 30 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1322 nafar, 13 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 21 nafar jami 1343 nafar bitiruvchilar tamomlaydilar. Ularning 764 nafari Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchilar hisoblanadi. Bugungi kunda, bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida olib borilgan tizimli ishlar natijasida ishga joylashishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi 3 tomonlama shartnomalar imzolash jarayonlari 94 foizga bajarilgan va bu jarayon davom etmoqda. Bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad institut bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularning kelgusidagi ish o‘rinlarini aniqlash hamda bitiruvchilar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini yaratish, korxona va tashkilotlardagi mavjud hamda yangidan yaratilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirishdan iborat.