Jizzax politexnika instituti hamda “Artel Elektronics Manufacturing” MChJ o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur hujjat:
- Dual ta’limni hamkorlikda amalga oshirish;
- Korxona uchun maqsadli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
- Korxona ishchi xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish;
- Professor-o‘qituvchilarning korxonalarda ilmiy-kasbiy stajirovkalarini o‘tkazish;
- Talabalar amaliyotini tashkil etish;
- Haq to‘lanadigan amaliyot stajirovkalarini tashkil etish;
- Ishlab chiqarishdagi yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, yangi texnologiya va uskunalar bilan jihozlashda mavjud uskunalarni modernizatsiya qilishni hamkorlikda amalga oshirish;
- Ehtiyoj bo‘lganda maxsus shartnoma asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish;
- Ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish, konsalting xizmatlarini tashkil etish masalalarini nazarda tutadi.