Img
23.06.2025

22-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Jizzax politexnika institutida bo‘lib, Ilg‘or muhandislik maktabi va Jizzax yoshlar texnoparki faoliyati

Tashrif avvalida mas’ullar tomonidan institutda yangidan tashkil etilayotgan Ilg‘or muhandislik maktabi va institut hududida joylashgan Jizzax yoshlar texnoparki faoliyati yuzasidan axborot berildi. Mas’ullar tomonidan berilgan axborotga ko‘ra, Ilg‘or muhandislik maktabining o‘quv ustaxonasini tashkil etish bo‘yicha 5 mlrd. so‘mlik loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, loyiha to‘liq “O‘zavtosanoat” AJ mablag‘i evaziga, yengil konstruksiya (sendvich panel) asosida qurib bitkazilgan. Qurilish ishlari 80 foizga bajarilgan bo‘lib, hozirda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bunyod etilayotgan Ilg‘or muhandislik maktabining umumiy maydoni 2160 m. kv. bo‘lib, o‘z ichiga Yoshlar texnoparki (o‘quv binosi) – 1512 m. kv. va O‘quv ustaxonasi – 648 m. kv. (18x36 m)ni qamrab oladi. Hozirgi kunga kelib, Avtomobilsozlik ilg‘or muhandislik maktabi uchun laboratoriya uskunalari ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, sotib olish ishlari amalga oshirilmoqda. Jizzax yoshlar texnoparkining har bir xonasining jihozlanishi bo‘yicha BYD Uzbekistan Factory MCHJ QK ma’sul xodimlari bilan kelishuvga erishilgan. Shuningdek, Ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etishda nazariy darslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar texnoparki binosi qayta jihozlanmoqda hamda ilmiy laboratoriyalarni jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ilg‘or muhandislik maktabi quyidagi o‘quv yo‘nalishlarida faoliyat olib borishi rejalashtirilgan: Nazariy mashg‘ulotlar: – Elektromobillar tuzilishi va nazariyasi; – Avtomobilsozlikda ishlab chiqarish texnologiyalari; – Loyihalash muhandisligi: – Sanoat muhandisligi; – Dasturlash muhandisligi; – Elektron avtomobil yig‘ish. Amaliy mashg‘ulotlar: – Payvandlash jarayonlari; – Kuzovni germetiklash va bo‘yash jarayonlari; – Yig‘ish jarayonlari; – Robotlarni dasturlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish; – Elektromobillarda xavfsizlik texnikasi; – Sifat nazorati. Vazirning birinchi o‘rinbosari Sh.Daliyev mazkur ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, malaka talablari va o‘quv dasturlari ish beruvchilarning takliflari hamda TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3