Img
None

Jizzax politexnika instituti va Suzhou Texnologiyalar universiteti (Xitoy) o‘rtasidagi uchrashuv — Xalqaro hamkorlik doirasida yangi bosqich!

✅2025-yil 18–19-iyun kunlari Jizzax politexnika institutida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Suzhou Texnologiyalar universiteti vakillari bilan xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jizzax politexnika instituti rektori professor A.Usmankulov va Suzhou Texnologiyalar universiteti Partiya kotibi, professor Wang Peijun boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdilar.

🤝 Muzokaralar davomida yangi ikki diplomli “New Energy Vehicle Engineering” (Yangi avlod energiya transporti injiniringi) bakalavriat yo‘nalishini aynan BYD Uzbekistan zavodi bilan hamkorlikda ochish kelishib olindi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalish bo‘yicha kelgusida:

✔️ Bitiruvchilarning BYD zavodida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini tashkil etish,

✔️ Zavod uchun malakali kadrlarni tayyorlash,

✔️ Zavod xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish,

✔️ BYD zavodidagi mavjud texnologik muammolarga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🔹 Uchrashuv doirasida “Innovatsion smart o‘quv xonasi” va “Qo‘shma laboratoriya”ning ochilish marosimlari ham bo‘lib o‘tdi.

📸 Tadbir yakunida esdalik sovg‘alari almashildi va faxriy suratga tushildi.

➡️Institutdagi tadbirlar yakunlangach, ikki oliygoh vakillari “BYD Uzbekistan Factory” korxonasiga tashrif buyurishdi. Mehmonlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxona rahbariyati bilan uchrashuvi o‘tkazdilar.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda “BYD Uzbekistan Factory” yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona Jizzax politexnika instituti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi asosida malakali mutaxassislar tayyorlashni boshlab yuborgan. Dual ta’lim tizimi doirasida talabalar ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishib, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Bundan tashqari, hamkorlik doirasida avtomobil qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish, elektromobillarni mahalliy iqlim va yo‘l sharoitiga moslashtirish uchun muhandis va malakali texnik mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, amaliyotga yo‘naltirilgan tadqiqotlarga e’tibor qaratish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

📌 #JizPI #SuzhouTech #BYDUzbekistan #XalqaroHamkorlik #InternationalCooperation #InnovativeClassroom #NewEnergyVehicleEngineering #JizzaxPolitechnikaInstituti

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3