Img
None

Jizzax politexnika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.

Jizzax politexnika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Jizzax viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tursunaliyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, dekan muovinlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Dastlab tadbirda talaba yoshlash Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan olib kelingan qurol-aslahalar bilan tanishdi, shuningdek kamondan o‘q otish hamda shashka-shaxmat bo‘yicha musobaqalarda o‘zlarining mahoratlarini sinab ko‘rishdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan giyohvandlik zamonaviy jamiyatda jiddiy muammodir. U nafaqat shaxslar, balki butun jamiyat uchun katta xavf tug‘diradi. Bu muammo ko‘pincha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning oldini olish va unga qarshi kurashish uchun samarali chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan giyohvand moddalarning oldi-sottisi, uni iste’mol qilgan shaxslarga qonun doirasida jazo belgilanishini aytib o‘tildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga tashakkurnomalar topshirildi.