Jizzax politexnika instituti vakillari Xitoyning Nankin transport texnologiyasi kasb-hunar institutida navbatdagi rasmiy uchrashuvda ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvda institutimizning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova boshchiligidagi delegatsiya, Nankin transport texnologiyasi kasb-hunar instituti rektori Vang Daofen va Nankin texnologiya instituti prorektori Pu Lijie ishtirok etdi.
Uchrashuv davomda kelgusida uchala oliygoh o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, talabalar almashinuvi va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish, hamkorlikda loyihalar ustida ishlash bo‘yicha muzokalar o‘tkazildi va yakunda kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama anglashinuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, Jizzax politexnika instituti “Transport logistikasi” ta’lim yo‘nalishida Nankin transport texnologiyasi kasb-hunar institutining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha 3 yil davomida tahsil olib, muvaffaqiyatli yakunlagan 19 nafar talabalarga diplomlar topshirildi.
Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Nankin transport texnologiyasi kasb-hunar instituti Transport fakulteti “Transport logistikasi” va “Transport vositalari muhandisligi” kafedralarining hamda Nankin transport texnologiyasi kasb-hunar instituti “Bino inshootlari qurilishi” va “Yo‘l muhandisligi” kafedralarining ilmiy laboratoriyalari bilan tanishdi.
Navbatda Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Nankin transport texnologiyasi kasb-hunar instituti va Nankin texnologiya instituti bilan yaqindan hamkorlikda faoliyat yurituvchi “Estun” zavodiga tashrif buyurdi.