Img
None

Jizzax politexnika institutiga tayinlangan prorektorlar jamoaga tanishtirildi

Jizzax politexnika instituti majlislar zalida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov boshchiligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda vazirlik buyrug‘iga muvofiq sohalar kesimida turli lavozimlarga tayinlangan ya’ni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ochilov Maxsudjon Muradullayevich hamda Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Rajabov Yorqinbek Sayfiddin o‘g‘li jamoaga tanishtirildi.

Mazkur tanishtiruvda institut rektori A.Usmankulov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi

Tanishtiruv davomida oxirgi paytlarda tayinlangan rektor yordamchisi Maxramov Muhammad Abduhalil o‘g‘li, Xodimlar bo‘limi boshlig‘i, Xazratqulov Abdivohid Abdurauf o‘g‘li hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Eshqulov Muhriddin Urozboy o‘g‘li ham haqida ma’lumot berildi.

Institut rektori yangi prorektorlarga va bo‘limi boshliqlariga mas’uliyatli vazifalarida omad tilab, ta’lim sifatini yaxshilash, oliygohimiz nufuzini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan topshiriqlar berdi.

Shuningdek, uchrashuvda bugungi kunga qadar institutda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, oldinda turgan muhim vazifalar ko‘rib chiqildi.

Belgilangan topshiriqlar, ularning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3