Img
None

Jizzax shahar 1-son politexnikumi faoliyati o‘rganildi

Joriy yil 27-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonlari, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 28-iyun kuni Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov hamda mutasaddilar Jizzax shahar 1-son politexnikumida bo‘lishdi.

Institut rektori tashrif davomida texnikumdagi o‘quvchilar sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, o‘quv xonalari, texnikumning moddiy texnik bazasi, o‘quv laboratoriya jihozlari, yotoqxona, oshxona hamda sport zali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv so‘ngida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, xalqaro dasturlar joriy qilinadigan mutaxassisliklar uchun o‘quv-ustaxonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash, ta’lim jarayoniga malakali, tajribali pedagoglarni jalb etish zarurligi ta’kidlandi hamda kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3