Img
None

Jizzax politexnika institutida tyutorlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘di

Yig‘ilishda Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Sh.Madaminov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova, Registrator ofisi boshlig‘i D.Xamraqulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan ta’lim sohasiga oid videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar doirasida amalga oshirilgan ishlar holati va “Tyutorlar tomonidan biriktirilgan guruhlarda ma’lumotlar bazasini tahrirlash” masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha tyutorlar tomonidan institutda tashkil etilgan to‘garaklarga talaba-yoshlarni jalb etish, ichki turizmga jalb qilish, mahalliy va tarixiy obidalarimiz asosida vatanparvarlik tarbiyasini yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Registrator ofisi boshlig‘i D.Xamraqulov Registrator ofisi tomonidan olib borilgan monitoring natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi. U o‘z so‘zida, talaba-yoshlarning HEMIS axborot tizimidagi shaxsiy ma’lumotlarida bir qator aniqlangan kamchiliklar mavjudligini ta’kidladi.

Bu holatlar barcha fakultetlar kesimida turlicha darajada kuzatilgan bo‘lib, har bir fakultet va yo‘nalish bo‘yicha kamchiliklar soni alohida hisobga olingan.

Navbatda so‘zga chiqqan Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Sh.Madaminov “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar holati, oldindagi vazifalar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar to‘g‘risida to‘xtaldi.

Sh.Madaminov o‘z so‘zida guruh tyutorlari tomonidan talaba-yoshlar faoliyati yetarlicha nazorat qilinmasligi, shuningdek qonun va qonun osti hujjatlari bilan yetarlicha tanishtirilmasligi, talaba-yoshlarga odob-axloq qoidalari haqida tushunchalar yetarli darajada berilmasligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to‘xtalib, talaba-yoshlarni to‘g‘riso‘z, halol, pok, vatanparvar, ko‘ngli ochiq, bag‘rikeng insonlar qilib tarbiyalash lozimligini ta’kidladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3