Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi Xitoyning nufuzli OTMlari qatorida turuvchi Nankin texnologiya institutiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari institutning “Innovatsion o‘quv texnoparki” da bo‘lib, u yerda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, institut olimlari tomonidan bajarilgan ilmiy ishlar, erishilgan yutuqlar hamda muqobil energetika sohasidagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Institut bilan kelgusida hamkorlikda ishlash bo‘yicha yangi hamkorlik shartlari bo‘yicha kelishuvlar olib borildi.
Mazkur tashrif institutimizning xalqaro aloqalarini kengaytirish va talaba hamda o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirishga xizmat qiladi.