Ayni kunlarda Jizzax politexnika instituti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi mudiri X.Qiryigitov Hindiston davlatining Haydarabod hududida joylashgan Atrof-muhitni muhofaza qilish o‘quv-tadqiqot institutida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tamoqda. Tadqiqot dasturiga binoan professor-o‘qituvchilarimiz "Qattiq maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish" mavzusidagi qisqa muddatli trening kurslarida ishtirok etayapti. Mazkur ilmiy stajirovka Hindiston tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (ITEC) tomonidan moliyalashtiriladi.