Img
10-Iyul, 2025-yil

JizPI talabalari uchun Yevropaning Erasmus+ dasturi doirasida DEBSEUz loyihasi a’zolari ishtirokida seminar o‘tkazildi

🔹 Xabar berganimizdek (https://t.me/jizpi_online/42070), Erasmus+ dasturining “Oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan DEBSEUz (Development of Bachelor Study Programs in Renewable Energy in Uzbekistan) loyihasining navbatdagi tajriba almashinish tadbirlari joriy yilning 9-iyun sanasidan 15-iyunga qadar Ispaniyaning Madrid politexnika universiteti (Universidad Politécnica de Madrid) da bo‘lib o‘tdi.

🔸 Tadbir davomida ishtirokchilar Madrid politexnika universitetining zamonaviy texnik infratuzilmasi, quyosh energiyasidan foydalanishga oid ilg‘or texnologiyalar, ekologik barqarorlik va quyosh panellarini qayta ishlashga doir amaliy seminarlar hamda ma’ruzalarda ishtirok etdilar.

▪️ Mazkur bosqich doirasida yangi bakalavriat kurslarini ishlab chiqish va akkreditatsiyadan o‘tkazish, qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish, zamonaviy laboratoriyalar va trening markazlarini yo‘lga qo‘yish, loyiha boshqaruvi va sifat monitoringi bo‘yicha tajriba almashildi.

✔️ Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda loyiha ishtirokchilari Madrid politexnika universitetida professor-o‘qituvchilar tomonidan sohaga oid bir qator mavzularda trening kurslari o‘tib berilganligi, shuningdek, ushbu soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Yevropa tajribasi misolida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar bo‘yicha javob olganliklarini aytib o‘tdilar.

📌 Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad shu soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talaba-yoshlarda sohaga bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarini yanada orttirish hamda loyiha doirasida institutda ochilishi rejalashtirilgan yangi 60712100 – “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ta’lim yo‘nalishi haqida ma'lumot berish hisoblanadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3