Img
16-Iyul, 2025-yil

Erasmus+: Ispaniyaning Vigo shahrida 2-loyiha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Erasmus+ fondi Ta’limda salohiyatni oshirish dasturi "GreenDT- Barqaror o‘tish va ijtimoiy o‘zgarishlar orqali atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistr darajalarini amalga oshirish" loyihasi doirasida Ispaniyaning Vigo shahrida 2-loyiha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Jizzax politexnika instituti Transport vositalari muhandisligi kafedrasi o‘qituvchisi Utkirjon Raxmatov, Elokogiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi o‘qituvchilari Xurshid Kiryigitov hamda Gulzoda Xudoyberdiyevalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv doirasida, JizPIdan ishlar ketma-ketligi sarhisobi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Utkirjon Raxmatov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3