Jizzax politexnika instituti “Transport logistikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari Nankin transport texnologiyasi kasb-hunar institutining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha 3 yil davomida tahsil olib, muvaffaqiyatli yakunlagan 19 nafar sobiq talabalarga Nankin transport texnologiyasi kasb-hunar institutining diplomlari topshirildi.
Ikki OTM 2022-yil 16-dekabrdan buyon o‘zaro rasmiy hamkor sifatida faoliyat olib boradi.
Nankin instituti professor-o‘qituvchilari Jizzax politexnika instituti “Transport logistikasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga 2023-yil bahorgi semestridan buyon dars mashg‘ulotlarini o‘tib kelmoqda.
Bahorgi semestr davomida Ma Yaoven va Li Xaoyelar “Transport logistikasi” yo‘nalishi bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini o‘tdilar.
Kuzgi semestrda esa Ma Yaoven, Bai Tianxuan va Chen Naiyuanlar “Xalqaro yuk tashish”, “Logistik axborot va undan foydalanish”, “Omborni boshqarish” va “Xitoy tili asoslari” fanlaridan dars mashg‘ulotlari o‘tib kelishmoqda.
Shuningdek, 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab Jizzax politexnika instituti Transport vositalari muhandisligi yo‘nalishi 25 nafar talabalariga Nankin instituti professor-o‘qituvchilari Ma Yang hamda Liu Jinglar tomonidan “Elektromobillar texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” yo‘nalishi bo‘yicha “Avtoelektrik va elektronika asoslari” hamda “Avtomobil elektr tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari ikki oliygoh tomonidan 2023-yil 13-noyabrda Xalqaro onlayn seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda ikki OTM professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.