Jizzax politexnika institutida “Korrupsiyasiz jamiyat: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi, Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek, Xalq demokratik partiyasi vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb jihatlari, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislar, ilmiy doiralar vakillari va amaliyotchi ishtirokchilar o‘z taklif hamda tashabbuslarini ilgari surdilar.