Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur Avtonom Rayonida xizmat safarida bo‘lib turgan Jizzax politexnika instituti Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Sharof Musayev hamda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat texnika texnologiyasi kafedrasi mudiri G‘ayrat Egamnazarovlar Shihezi universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlikning asosiy yo‘nalishi — aqlli qishloq xo‘jaligi uskunalarini ishlab chiqish va rivojlantirish, sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.