Institutimiz professor-o‘qituvchilari Utkirjon Raxmatov, Xurshid Kiryigitov va Gulzoda Xudoyberdiyevalar Erasmus+ fondining “GreenDT – Barqaror o‘tish va ijtimoiy o‘zgarishlar orqali atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistr darajalarini amalga oshirish” loyihasi doirasida Ispaniyaning Vigo va Portugaliyaning Viana Do Kashtelyu shaharlarida o‘tkazilgan ikki haftalik trening mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Ushbu trening davomida institutda yangi magistrlik dasturini joriy etish mexanizmlari, hal etilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar, Yevropa Ittifoqining barqaror rivojlanish strategiyalariga mos yechimlarni amalga oshirish yo‘llari muhokama qilindi.
Mazkur tajriba institutimizda barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan yangi magistrlik dasturlarini shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.