Img
28-Iyul, 2025-yil

Jizzax politexnika instituti “Kibersport” fakulteti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi tomonidan “Biznes marafon” motivatsion trening tashkil etildi.

Jizzax poltexnika institutida viloyatimizda biznes sohasida o‘z faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion treningi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Sh.Rashidov tumani Elita urug‘chilik MCHJ hisobchisi Sh.Xurozov, Jahon Grant mehmonxona hisobchisi I.Olimov, Oybek Super Trans MCHJ korxonasi menedjeri N.Oybekov, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu motivatsion seminar-treningda biznes vakillari o‘z tajribalari, tadbirkorlik bilan samarali shug‘ullanish va marketingda muvaffaqiyatga erishishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida talabalarga qimmatli tavsiyalarini, mahorat saboqlarini ulashdilar.

Shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarga to‘xtaldilar. Motivatsion trening tadbirkorlik sohasiga qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirokida qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3