2025-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi videoselektor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar, shuningdek, 2025-yil 23-mayda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasining 36-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur musobaqalar yugurish hamda turnikka tortilish sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Bu sport turlari — shunchaki jismoniy faollik emas, balki ajdodlardan meros bo‘lgan qadriyatlarning zamonaviy ifodasidir. Ular yoshlar qalbiga jamoaviylik ruhi, iroda kuchi va bardoshni singdiradi, tarix bilan bugunni bog‘laydi.