Img
4-Avgust, 2025-yil

Jizzax politexnika instituti vakilining nufuzli xalqaro kongressdagi ishtiroki

Jizzax politexnika instituti Kimyo muhandisligi fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti H. Mustafoqulova 2025-yil 31-iyul – 4-avgust kunlari Turkiyaning nufuzli Istanbul-Beykent universitetida bo‘lib o‘tgan "11th International Entrepreneurship and Social Sciences" nomli xalqaro kongressda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur kongressda kafedra professor-o‘qituvchilari R. Boqiyeva, Z. Qo‘ychiyeva, G. Madiyeva va N. Dusbayevalar ham onlayn shaklda ishtirok etdilar.

Dotsent H. Mustafoqulova kongress doirasida “Xorijiy tillarni o‘yin usulida o‘rgatishning dolzarb muammolari” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi. Ushbu mavzu xalqaro ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va ilmiy munozaralarga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalarida yozish va o‘qishsiz o‘yin orqali o‘qitishning zamonaviy usullari ko‘plab ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Taqdimot yakunida dotsent H. Mustafoqulova kongress ishtirokchilariga Jizzax politexnika instituti faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi va kelgusida institutda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etishga taklif qildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3