Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O.Maxkamov raisligida "Talabalarni turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari" ga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishga oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari, fakultetlarning dekan muovinlari, mas’ul xodimlar hamda talabalarni turar joy bilan ta’minlashga yordam ko‘rsatish markazlarini tashkil etishga mas’ullar onlayn tarzda qatnashdilar.
ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda Jizzax politexnika instituti jamoasi ham ishtirok etdi.