Img
9-Avgust, 2025-yil

Jizzax politexnika institutida Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash maqsadida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Ochilov, barcha fakultetlarning dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar tomonidan Farmonda belgilangan asosiy yo‘nalishlar, xususan: davlat organlarida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha qat’iy tartib o‘rnatilishi, ijro intizomi bo‘yicha rahbar va mas’ul xodimlarning shaxsiy javobgarligi oshirilishi, ijro bo‘yicha real tahlil va monitoring mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, ijro intizomiga oid yangi talablar va ularning ijrosini ta’minlashdagi tashkilotlararo hamkorlik masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar ushbu Farmon mazmuni faoliyatlarida qanday amaliy ifodasini topishi kerakligi borasida savol-javob shaklida fikr almashdilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3