2024/2025-oʻquv yili uchun Jizzax politexnika institutida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim uchun kirish imtihonlari tashkil etilib, sirtqi taʼlim shaklida jarayonlar shaffoflik va haqqoniylik prinsipi asosida olib borildi. Imtihon oʻtkaziladigan xonalar toʻliq kuzatuv kameralari bilan jihozlangan boʻlib, uyali aloqa vositalari hamda boshqa shaxsiy buyumlar belgilangan joylarda saqlanishi taʼminlandi.