O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbatlar orqali Jizzax politexnika instituti 2-bosqichiga qabul jarayonlari bo‘lib o‘tmqda.
Mazkur suhbat jarayonida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov boshchiligida professor-oʻqituvchilardan tuzilgan suhbat komissiyasi tomonidan talabalikka nomzodlarning bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
Bugun reja-grafik asosida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi:
• Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
• Oziq-ovqat texnologiyasi
• Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
• Yengil sanoat muhandisligi
• Kimyo muhandisligi
• Metallurgiya muhandisligi
• Qurilish muhandisligi
• Arxitektura
• Kompyuter injiniringi