Jizzax politexnika instituti va Rossiya Federatsiyasining Tyumen sanoat universiteti o‘rtasidagi samarali xalqaro hamkorlik doirasida institutimiz talabalari va yosh olimlari xorijiy tajribani o‘zlashtirishda davom etmoqda.
Shu maqsadda, Tyumen shahrida o‘tkazilayotgan yozgi amaliyot va qisqa muddatli stajirovkalarda Jizzax politexnika instituti vakillari ham faol ishtirok etishmoqda.
Mazkur tadbirda:
🔹 “MKK” yo‘nalishi magistrantlari — Abduxoliqov Shahzodjon va Tolliboyev Ilyos,
🔹 “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi magistranti — Yusupov Ulug‘bek,
🔹 Tayanch doktorant — Baratov Ilhomjon Iskandar o‘g‘li
qatnashib, transport tizimlari va zamonaviy sanoat texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitmoqdalar.
📌 Ushbu stajirovka magistrant va doktorantlarimizga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, xorijiy ilmiy yondashuvlar bilan tanishish hamda xalqaro kasbiy aloqalarni kengaytirish imkonini bermoqda.