🇺🇿 O‘zbekiston Ginnes rekordini yangiladi!
✔️ Mazkur jarayonda JizPI yoshlari ham faol ishtirok etib, munosib hissa qo‘shdilar
⚡️ “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi.
🔹 Bu jarayon nafaqat yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi, balki ularning izlanuvchanligi, jamoaviy hamjihatligi va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishini ham yorqin ko‘rsatdi. Rekord o‘rnatish tadbiri katta bayramona ruhda o‘tdi hamda O‘zbekiston yoshlari uchun texnologiya va innovatsiyalar sohasida yangi marralarga yo‘l ochdi.
📌 Mazkur natija qayd etilishida Jizzax politexnika instituti hamda JizPI akademik litseyi yoshlari munosib hissa qo‘shganligi bizni nihoyatda quvontirdi.