Img
20-Avgust, 2025-yil

Abituriyentlar uchun birinchi bosqich imtihoni bo‘lib o‘tdi

🎓 Jizzax politexnika instituti va Xitoy Xalq Respublikasining Sujou texnologiyalar universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul bo‘yicha 1-bosqich imtihon jarayonlari muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi.

📌 Ta’lim yo‘nalishlari:
⚡️ Mexanika muhandisligi;
⚡️ Energetika muhandisligi;
⚡️ Yengil sanoat muhandisligi.

🌟 Qo‘shma ta’lim dasturining afzalliklari:
✔️ 2 yil Jizzax politexnika institutida, 2 yil Sujou texnologiyalar universitetida tahsil olish;
✔️ Xorijiy professorlar va yirik korxonalarda amaliyot;
✔️ Work & Travel dasturlarida ishtirok etish;
✔️ Ikkita bakalavr diplomiga ega bo‘lish.

🗣 Ta’lim tili – ingliz tili.

👉 Keyingi bosqichlar va yakuniy natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumot tez orada e’lon qilinadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3