Img
26-Avgust, 2025-yil

“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Bugun Jizzax viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” Jizzax davlat pedagogika universitetida tashkil etildi.

Yarmarkada viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi yoshlari hamda munosib ish qidirib yurgan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etdi.

Mazkur mehnat yarmarkasida Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda bitiruvchilari institut rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdilar.

Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bilan ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydonini yaratish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat hisoblanadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3