Bugun Jizzax politexnika instituti rektorining bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ochilov, dekanlar, kafedra mudirlari hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda ko‘maklashishga mas’ul professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida yurtboshimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bajarilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Topshiriqlar ijrosini sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida berilgan topshiriqlarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mas’ullar ogohlantirildi.