Bugun Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, institutga qabul qilingan bitiruvchilar hamda ikkinchi mutaxassislikka qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi.
Rektor talabalikka qabul qilingan barcha talabalarga yangi o‘quv yilida omad va zafarlarlar tilagan holda, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Talabalar o‘qish davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari borasida o‘z hayotiy tajribalari asosida to‘xtalib o‘tdi.
Barcha sohalarga oid masalalarda talabalarga ko‘makchi bo‘lishi lozim bo‘lgan institut mas’ullari tanishtirilib, biror muammoga duch kelganda qaysi xodimlarga murojaat qilishlari mumkinligi aytildi.
Shuningdek, hal etilmagan masalalar, muammolar, shikoyat yoki takliflar bo‘lsa, institut rektorining virtual qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan mavzulardagi savollarga rektor batafsil javob berdi.
Navbatda so‘zga chiqqan mas’ullar tomonidan muloqot ishtirokchilari uchun zarur ma’lumotlar va tavsiyalar berildi.