Img
28-Avgust, 2025-yil

Jizzaxda “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahrida yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan, ularning bandligini ta’minlash, munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga xizmat qiluvchi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ Jizzax viloyat bosh boshqarmasi hamda “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar “Kelajakka qadam” kasb yarmarkasi bilan yaqindan tanishishdi, turli soha va yo‘nalishlarga oid pavilyonlarda taqdim etilgan imkoniyatlar bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu yerda bitiruvchi yoshlar uchun ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, startap g‘oyalari hamda tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha keng ko‘lamli ma’lumotlar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3