Bugun shahrimizda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur jarayonda Jizzax politexnika instituti xodimlari hamda talaba-yoshlaridan iborat jamoasi institut rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdi.
Diltortar kuy-qo‘shiqlar qalblarga zavq-shavq bag‘ishladi. Bayram tantanasi yakunga qadar barcha yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Ayniqsa, tadbir yakunida tashkil etilgan rang-barang mushakbozlik ishtirokchilarga о'zgacha bayramona kayfiyat ulashdi.