Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarni munosib kutib olish, o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ayni kunlarda Jizzax politexnika institutiga kelayotgan talabalar munosib kutib olinib, talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga joylashtirilmoqda.