Img
3-Sentabr, 2025-yil

JizPIda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun, 3-sentyabr kuni respublikamiz bo‘ylab barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi 2025-2026-o‘quv yilining ochilish marosimlari o‘tkazilmoqda. Xususan, Jizzax politexnika institutida ham bugun “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun!” shiori ostida tantanali tadbir 1-bosqich talabalari ishtirokida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut ma’muriyati, professor-o‘qituvchilar, korxona va tashkilotlardagi rahbar, mutaxassislar, talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan nutq so‘zladi.

Institut rektori barcha tadbir ishtirokchilari, professor-o‘qituvchilar hamda o‘z iqtidori, ilmi, ijodiy izlanishi bilan institut faoliyatida ishtirok etayotgan yigit-qizlarni bayram bilan tabriklab, o‘zining samimiy tilaklarini yo‘lladi.

Shuningdek, rektor o‘z so‘zida yurtimizdagi hamda institutdagi yangiliklar, erishilayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berib, institutimizning barcha talaba-yoshlariga murojaat qildi.

Shundan so‘ng, institut rektori bir qator talaba-yoshlarni taqdirladi.

Taqdirlash marosimi yakunlangach so‘z navbati mehmonlarga, institut faxriy o‘qituvchilariga hamda yuqori ball to‘plab, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan talabalar va ularning ota-onalarga berildi.

Tadbir institut iqtidorli talabalari ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar hamda jozibador raqslar bilan davom etdi.

Navbatda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ochilov so‘zga chiqib, o‘quv jarayoni va oldimizda turgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, talabalar o‘quv auditoriyalariga qarab yo‘l oldilar.

Tadbir yakunlangach, institut rektori A.Usmankulov professor-o‘qituvchilar bilan suhbat qurib, ilmiy izlanuvchilarning ishlanmalari va loyihalari bilan tanishdi. Ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi amaliy loyihalarni ko‘zdan kechirib, o‘z takliflarini bildirdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3