Img
5-Sentabr, 2025-yil

Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi

Jizzax politexnika instituti majlislar zalida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov boshchiligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda institut rektori, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab rektor tomonidan yakunlangan o‘quv yilidagi institut faoliyati tahlili bo‘yicha yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berildi.

Institut oldida turgan muhim kelgusidagi vazifalar, xususan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy metod va uslublarini amaliyotga keng joriy etish kabi masalalar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, istiqboldagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3