Jizzax politexnika instituti konferensiyalar zalida institut rektori Alisher Usmankulov boshchiligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilish bugungi kunning dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.
Unda institut rektori, fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlari, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida talaba-yoshlarga qulaylik yaratish bo‘yicha qator aniq vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, yangi o‘quv yili arafasida talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish jarayonini tizimli va adolatli yo‘lga qo‘yish, joylashtirish mezonlariga qat’iy amal qilish lozimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda mustaqillik darslarini samarali tashkil etish, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi