Bugun Jizzax politexnika instituti konferensiyalar zalida institut rektori Alisher Usmankulov boshchiligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda institut rektori, soha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, “Energetika muhandisligi” fakultetiga qarashli kafedralar mudirlari hamda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda bugungi kunga qadar fakultetda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, oldinda turgan muhim vazifalar ko‘rib chiqildi.
Institut rektori tomonidan ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish davomida “Energetika muhandisligi” fakultetiga yangi tayinlangan dekan Usanov Mehriddin Mustafayevich hamda “Oliy matematika” kafedrasiga tayinlangan mudir Adilov Bobur Baxridin o‘g‘li jamoaga tanishtirildi.
Institut rektori yangi tayinlangan fakultet dekaniga hamda kafedra mudirlariga mas’uliyatli vazifalarida omad tilab, oliygohimiz nufuzini yanada oshirish, ta’lim sifatini va ilmiy salohiyatni ko‘tarish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun, Mehriddin Usanov tayinlovga qadar “Oliy matematika” kafedrasi mudiri lavozimini egallab kelgan.
Bobur Adilov tayinlovga qadar “Oliy matematika” kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lgan.