Bugun Energetika muhandisligi fakulteti dekani M.Usanov ikkinchi sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.
Tashrif davomida u yerdagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlari bo‘yicha talabalarga kerakli ko‘rsatmalar berildi.