Img
8-Sentabr, 2025-yil

Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari Malayziyaning nufuzli INTI International Universityda qisqa muddatli ilmiy stajirovka dasturida o‘z faoliyatini boshladilar.

Ilk kun doirasida universitet rahbariyati va vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, oliy ta’lim va tadqiqot sohasidagi hamkorlikning aniq yo‘nalishlari, qo‘shma loyihalar hamda almashinuv dasturlari bo‘yicha taqdimotlar taqdim etildi. Shuningdek, uchrashuvda xalqaro reytinglar masalalari va xalqaro ilmiy jurnallarda hammualliflik qilish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi, nashr siyosati va reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘llari bo‘yicha amaliy tavsiyalar muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar uchun universitet kampusi bo‘ylab keng qamrovli sayohat tashkil etilib, zamonaviy auditoriyalar, ma’ruza zallari hamda boy fondga ega kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Mazkur stajirovka professor-o‘qituvchilarimiz uchun xalqaro tajriba almashish, ilg‘or pedagogik va ilmiy metodlarni o‘zlashtirish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3