“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining transformatsiya va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Muxamedov Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan Muhandislik maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida D.Muxamedovga Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov va boshqa mutasaddilar hamrohlik qildi.
Mehmonlar Muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishtirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv binolari, nazariy va amaliy mashg‘ulot xonalari hamda laboratoriyalar holati, jihozlar tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Jarayon yakunida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ma’lumot uchun, muhandislik maktabi o‘quv dasturlari to‘liqligicha “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ QK avtomobil zavodining talablari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, muhandislik maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar ishlab chiqarish zavodlarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.