Jizzax politexnika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumani 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sayyor qabul o‘tkazildi.
Dastlab S.Eshbekova tomonidan institut tuzilmasi, institutda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni, mavjud imkoniyatlar hamda institut moddiy-texnik bazasi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, bugungi kunda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasalari, jumladan, Jizzax politexnika institutidagi talabalar hayoti hamda ularga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Bu kabi tadbirlarning o‘tkazib borilishi, xalq bilan faol va ochiq muloqotlar olib borilishi, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsad qilingan.